Turkmanistonlik sportchi Mo‘minjon Arziqulov 2026-yilda O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U jangovar sambo bo‘yicha 71 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Oltin medal yo‘lida Mo‘minjon Arziqulov beshta jang o‘tkazib, barcha raqiblarini mag‘lub etdi. U 1/16 finalda rossiyalik Rolan Zinnatovni 1:0, 1/8 finalda esa tunislik Omar Regigini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Turkmanistonlik sportchi chorak finalda Niderlandiya vakili Devid van Doorn bilan uchrashdi va 2:0 hisobida zafar quchdi.
Yarim finalda turkmanistonlik sportchi qozog‘istonlik sambochi Nitan Toleuxan bilan kuch sinashdi. Ushbu bahsda g'alaba qozonib, finalga chiqdi. Oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi jangda uning raqibi ukrainalik Andrey Kucherenko bo‘ldi. Final bahsida Mo‘minjon Arziqulov 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Turkmanistonlik sportchining chempionatdagi barcha janglari natijalari:
1/16 final: Rolan Zinnatov (Rossiya) – 1:0;
1/8 final: Omar Reguigi (Tunis) - 4:0;
Chorak final: David van Doorn (Gollandiya) – 2:0;
Yarim final: Nyatxan Toleukhan (Qozog'iston) - g'alaba;
Final: Andrey Kucherenko (Ukraina) – 4:2.
Bu muvaffaqiyat Mo‘minjon Arziqulovning jahon chempionatidagi ikkinchi oltin medaliga aylandi. Bungacha u 2024-yil 8–10-noyabr kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan chempionatda sambo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan edi.
Shu tariqa, 2024 va 2026 yillardagi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan turkmanistonlik sportchi sambo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘ldi.






