Mamlakatimizning barcha go‘shalarida “Mustaqil, hamisha betaraf Turkmaniston – maqsadli otlar vatani” yiliga bag‘ishlangan tantanalar keng o‘tkazilmoqda. Ana shu tadbirlar doirasida viloyat tarixiy-o‘lkashunoslik muzeyida “Jadal taraqqiyotning yuksak bayrami” mavzuida tantanali anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjuman qadimiy Amul shahridan boshlangan Amul-Xazar yurishining ahamiyati hamda Turkmanistonning doimiy betaraflik huquqiy maqomiga ega bo‘lganining 31 yilligiga bag‘ishlandi.
Tadbirda Turkmaniston agrar partiyasi viloyat, shahar va etrap qo‘mitalari faollari, viloyat sudi, militsiya va adliya bo‘limlari vakillari, talaba yoshlar ishtirok etdi.
Anjumanda mamlakatimiz taraqqiyot yo‘li, Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomining ahamiyati va qadimiy Amuldan Kaspiy dengizigacha davom etgan yurishning tarixiy ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi.









