Lebap viloyati kutubxonasi tashabbusi bilan etrap kutubxonalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida “Kutubxona – xazinalar ummoni” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda kutubxona xodimlarining kasbiy faoliyatini takomillashtirish, o‘z faoliyatida elektron texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishini ta’minlash, yoshlarning kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida kutubxonalar faoliyatiga raqamli tizimni joriy etish, kirib kelayotgan yangi kitoblarni ro‘yxatga olish va bu boradagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda kutubxona xizmatini modernizatsiya qilish, kitobxonlarga berilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, navqiron avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida ham takliflar bildirildi.

O‘quv-seminar kutubxona xodimlarining malakasini oshirish, ish tajribasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.