O‘g‘ulnur Xayidova, “Lebapg‘allaonumleri” ishlab chiqarish birlashmasi “Sayat etrap” “Vatan” dehqon birlashmasi agronomi, Turkmaniston Majlisi deputati.
Sayat etrapi xiyokimligida Turkmaniston Xalq maslaxatining bo‘lajak majlisiga tashkiliy tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda poytaxt Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan milliy forumning ijtimoiy-siyosiy mazmuni, etrapda ushbu muhim tadbirga munosib tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlarning borishi atroflicha muhokama qilindi.
Muqaddas mustaqilligimizning 35 yilligini nishonlash arafasida Turkmaniston Xalq maslaxatining navbatdagi yig‘ilishining o‘tkazilishi uning tarixiy-siyosiy ahamiyatini yanada oshirishi alohida ta’kidlandi. Shu munosabat bilan bunday muhim davlat tadbiriga yuqori tashkiliy tayyorgarlikni ta’minlash, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Sayat etrapining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga ham e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, Turkmaniston davlat va jamoat hayotida xalq maslaxatining o‘rni, ahamiyati va eng muhim vazifalari haqida aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Ma’ruzalarda “Xalq maslaxati”ning navbatdagi yig‘ilishi mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida erishilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob qilish, istiqboldagi asosiy maqsad va vazifalarni belgilashga qaratilgan muhim milliy forum ekani ta’kidlandi.
Uchrashuvda ushbu muhim davlat tadbirini muvaffaqiyatli amalga oshirishga Sayat etragi mehnatkashlari ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlari zarurligi ta’kidlandi. Bu borada tegishli rahbar va mas’ullarga izchil va uyushqoqlik bilan tayyorgarlik ko‘rish, belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.








