Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, mo‘l hosil yetishtirish, Vatan g‘alla omborlariga qo‘shayotgan hissasi mehnatkash dehqonlarning xizmatlari katta. Viloyatimizning ijarachi paxtakorlari, tajribali dehqonlari bu yilgi paxta yig‘im-terim kampaniyasini g‘ayrat va matonat bilan boshlab, yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olishda ilk kunlardanoq yuksak natijalarga erishmoqda. Chardjevo etrapida ham paxta terimi jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.

Etrapdagi J.Hikimov nomidagi dehqon birlashmasi viloyatdagi yetakchi xo‘jaliklardan biri sifatida tanilgan. Bu yerda mehnat qilayotgan tajribali ijarachilar har yili g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirishda munosib natijalarga erishmoqda. Xo‘jalikda erishilayotgan yutuqlarda o‘z ishini vijdonan bajarayotgan har bir fermerning salmoqli hissasi bor.

O‘z farovonligini qishloq xo‘jaligida topgan, halol mehnati bilan qishloqdoshlari orasida hurmat-e’tibor qozongan ijarachilardan biri Nurmammet Salimovdir. Dehqon uyushmasining beshinchi ijarachilar guruhida ishlaydi. Nurmammet og‘a mana 14 yildan buyon o‘z ona yurtida g‘ayrat bilan mehnat qilib, paxta va g‘alladan mo‘l hosil yetishtirmoqda.

Uning ijaraga olgan tomorqasi atrofi yam-yashil bog‘ va daraxtlar bilan o‘ralgani uning bog‘dorchilik borasidagi boy tajribasini, yerdan unumli foydalanish qobiliyatini yaqqol namoyon etadi. Nurmammet Salimovning mehnat yo‘li yosh ijarachilarga munosib o‘rnak bo‘lib, ona yurtga muhabbat, mehnatsevarlik muvaffaqiyatga yetaklashini ko‘rsatmoqda.