Lebap viloyatining Chardje tumanida 2026 yilgi bug‘doy ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. “Vatan” dehqon birlashmasi ijarachisi Serdar Raimovga qarashli 24 gektar yer maydonida ekish fotihasi berildi.
Tantanali tadbirda Lebap viloyati hokimi va uning o‘rinbosarlari, etraplar xiyokimlari, viloyat va etrap darajalarining tegishli rahbarlari, oqsoqollar, qishloq xo‘jaligi sohasi rahbar va xodimlari, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan viloyat aholisi, madaniyat arboblari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ekish jarayonini aks ettiruvchi ko‘rgazmali chiqishlar bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Dala ishlarida “Lebapobaxizmat” ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli 24 dona “John Deere” traktori va 31 dona CLAAS rusumli traktorlar ishtirok etdi.
Bundan tashqari, tadbir davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmalari, madaniyat namoyandalarining musiqiy chiqishlari namoyish etildi.
Musiqiy chiqishlardan so‘ng, muhtaram keksalar ekin ekish muvaffaqiyatli, mo‘l hosil yetishtirish, dehqonlarga to‘kin-sochinlik tilab, ekin mavsumining boshlanishiga duo qilishdi.
Chardje etrapida o‘tkazilgan tadbir Lebap viloyatida 2026-yilgi bug‘doy ekish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuqori tashkiliy saviyada olib borilganini ko‘rsatdi.












