Lebap viloyatida 2026 yilning yanvar-avgust oylarida paxta tolasi ishlab chiqarish 44,8 ming tonnaga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,2 ming tonnaga ko‘p bo‘lib, ishlab chiqarish o‘sish sur’ati 33,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda “Turkmen kundogary” gazetasi xabar bermoqda.
Viloyat fermerlari hisobot davrida 174,2 ming tonna sabzavot yetishtirdi. Kartoshka yetishtirish 109,9 ming tonna, oziq-ovqat poliz mahsulotlari 132,1 ming tonnaga yetdi.
Uzum yetishtirishda ham o‘sishga erishildi. Agar 2025-yilning sakkiz oyida 4,8 ming tonna uzum yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 5,3 ming tonnani tashkil etdi. Meva yetishtirishda ham ijobiy natijalar qayd etildi.
Viloyatda chorvachilikda ishlab chiqarish ko'rsatkichlari ham oshdi. Yilning sakkiz oyida tirik vaznda 104,4 ming tonna go‘sht, 453,2 ming tonna sut yetishtirildi.
O'sish sur'atlari tuxum ishlab chiqarishda ham qayd etildi. Hisobot davrida 191,3 million dona tuxum yetishtirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,9 million dona yoki 4,3 foizga ko‘pdir.
Shuningdek, viloyatdagi fermer xo‘jaliklarida tuyalar soni 5,9 ming boshga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga oshgan.
Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining o‘sishi Lebap viloyatida qishloq xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlar izchil davom ettirilayotganidan dalolatdir.






